Logo

Buyuk Britaniya kompaniyasi O'zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik istiqbollarini o'rganmoqda

Iyul 11, 2024. 07:36 • 48 soniya

2138
Buyuk Britaniya kompaniyasi O'zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik istiqbollarini o'rganmoqda

LONDON, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Ethos Energy" kompaniyasining mintaqaviy menejeri Nil Adam bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Britaniya vakiliga O'zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta’minlash va aholining farovonlik darajasini oshirish, yoqilg'i-energetika resurslariga bo'lgan talab va ehtiyojni qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, energetika, ko'mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi doirasida amalga oshirilayot ishlar haqida so'zlab berildi.

Nil Adam O'zbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori yuqori baholadi.

Uchrashuv natijasida O'zbekiston bilan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini o'rganish to'g'risida kelishib olindi.

"Ethos Energy" kompaniyasi energetika sohasida gaz va bug' turbinalari, generatorlar va transformatorlar uchun servis hizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, neft-gaz sohasida kompressorlar, turbinalar, generatorlar va dvigatel komponentlarini ta’mirlash bilan shug'ullanadi. Kompaniya dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarida o'z vakolatxonalariga.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish