«Prokuratura to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi
Noyabr 01, 2023. 07:41 • 43 soniya
• 557
TOSHKENT, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Prezidentimiz «O'zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan «Prokuratura to'g'risida»gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Ushbu Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yil 4-mayda qabul qilingan va shu yil 30-sentyabr kuni Senat tomonidan ma'qullangan.
Hujjatga ko'ra, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O'zbekiston Transport prokurori Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O'zbekiston Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o'tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan O'zbekiston prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o'tash to'g'risidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston rasmiy ravishda dunyodagi eng nufuzli metrologiya kelishuviga qo‘shildi