Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareys soni ko‘payadi

Январ 22, 2026. 16:54 • 55 сония

1047
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareys soni ko‘payadi

OSTONA, 22-yanvar. /“Dunyo” AA/. “Qazaq Air” aviakompaniyasi Ostonadan Samarqandga parvozlar sonini haftasiga ikki martadan uchtaga oshiradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “inbusiness.kz” axborot agentligiga tayanib.

Qayd etilishicha, 2026-yil 4-martdan boshlab aviakompaniya OstonaSamarqandOstona yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘ymoqda. Juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladigan parvozlarga chorshanba kungi parvozlar qo‘shiladi.

Ostona  Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 30 366 tenge (721 192,5 so‘m) dan boshlanadi.

“Qazaq Air” aviakompaniyasi 2025-yil noyabr oyidan boshlab Qirg‘iziston va O‘zbekistonga muntazam xalqaro reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Shu davrda ushbu yo‘nalishlarda qariyb 4,5 ming yo‘lovchi tashilgan. Qo‘shimcha reyslarning yo‘lga qo‘yilishi barqaror talab bilan bog‘liq.

Default Avatar

Материал муаллифи

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш