Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda professional taʼlimni rivojlantirishda ishtirok etishga tayyor

Iyul 10, 2026. 12:30 • 57 soniya

111
Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda professional taʼlimni rivojlantirishda ishtirok etishga tayyor

LONDON, 10-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov “Efekta Education Group” (“Efekta”) kompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha prezidenti Stefaniya Jannini bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Professional taʼlim agentligi bilan hamkorlikda “Efekta” onlayn dasturlari asosida kelgusida tajriba loyihasini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur kelishuv doirasida professional-texnik taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha platformani joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Stefaniya Jannini O‘zbekistonda “Efekta” onlayn taʼlim dasturlarining muvaffaqiyatli joriy etilishiga ishonch bildirib, hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini maʼlum qildi.

“Efekta” ­­– sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan zamonaviy taʼlim platformasidir. Ushbu tizim o‘quvchilarning natijalarini tahlil qiladi hamda o‘qituvchilarga dars rejalari va o‘qitish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish