O‘zbekiston va Quvayt ijtimoiy himoya sohasida hamkorlikni yanada kengaytiradi
Noyabr 10, 2026. 17:00 • 2 daq
• 106
AL-KUVAYT, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning ijtimoiy ishlar, oila va bolalar ishlari vaziri Amsal Hodiy al-Huvayla bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida ijtimoiy himoya, oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarga ko‘maklashish borasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Diplomatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar, xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mahalla tizimi orqali aholiga manzilli yordam ko‘rsatish amaliyoti xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ilg‘or tajribalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish, qo‘shma o‘quv dasturlari va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Kuvayt Ijtimoiy ishlar vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, onlayn muzokaralar va o‘zaro tashriflarni tashkil etish takliflari bildirildi.
Uchrashuv yakunida Kuvayt vaziri O‘zbekistonga taklif etildi. Muloqot ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni ijtimoiy sohadagi amaliy tashabbuslar bilan yanada boyitishga qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi