Rossiyaning Primorsk o‘lkasida o‘zbek mahsulotlari savdo uyini ochish masalalari muhokama qilindi
Noyabr 10, 2026. 09:00 • 1 daq
• 148
VLADIVOSTOK, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Vladivostok shahar dumasi raisi Andrey Brik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida o‘zbek tomoni mamlakatimizda tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston mahsulotlarining Primorsk o‘lkasiga eksport hajmini kengaytirish, O‘zbekiston savdo uyini ochish, milliy tovarlar yarmarkalarini tashkil etish, Vladivostokda biznes-missiyalar va biznes-forum o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Andrey Brik O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va migratsiya sohasidagi islohotlarni yuqori baholab, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi