O‘zbekiston va Xorvatiya favqulodda vaziyatlar sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik qiladi
Noyabr 08, 2026. 14:00 • 1 daq
• 111
ZAGRЕB, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Zagreb universiteti o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning elchixonasi ko‘magida FVV Akademiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Furqatjon Nazarov va Zagreb universiteti Elektrotexnika va hisoblash texnikasi fakulteti dekani, professor Vedran Bilas o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazildi.
Tomonlar akademik va ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda sun’iy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, muhim infratuzilmani himoya qilish hamda kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Zagreb universiteti professor-o‘qituvchilarini FVV Akademiyasining o‘quv jarayoniga jalb etish, o‘zbek kursantlari uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish, mutaxassislarning malakasini oshirish va qo‘shma ilmiy-tadqiqot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi