Tokioda O‘zbekiston va Hokkaydo prefekturasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Noyabr 08, 2026. 17:00 • 2 daq
• 278
TOKIO, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Yaponiyaning Hokkaydo prefekturasi ma’muriyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turistik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yapon tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarning investitsiyaviy salohiyati va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, Hokkaydo prefekturasida O‘zbekistonning madaniy va turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, joriy yilning 21-noyabridan 8-dekabriga qadar Xigashikava shahrida Yaponiya Fotosuratlar jamiyati va elchixona hamkorligida tashkil etiladigan “Osiyo fotograflari – 2026: Markaziy Osiyo – O‘zbekiston” ko‘rgazmasida mamlakatimiz tarixi, me’moriy merosi, tabiati va xalqimiz hayotini aks ettiruvchi fotoasarlar namoyish etilishi qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda Hokkaydo prefekturasi va Surxondaryo viloyati o‘rtasida hududlararo aloqalarni jadallashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish hamda o‘zaro tashriflarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi