O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Sirdaryo tibbiyot texnikumida zamonaviy o‘quv-trening va axborot texnologiyalari xonalari tashkil etildi
Noyabr 08, 2026. 10:00 • 2 daq
• 74
GUANCHJOU, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan xitoylik hamkorlar ko‘magida Ab-u Ali ibn Sino nomidagi Sirdaryo jamoat salomatligi texnikumining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan loyiha amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Loyiha doirasida ta’lim muassasasida zamonaviy o‘quv-trening va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xonalari yaratildi.
Xususan, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida o‘quv-trening xonasi zamonaviy ultratovush tekshiruvi (UTT) apparati, anatomik modellar, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa jihozlar bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida texnikum yangi monoblok kompyuterlari bilan jihozlandi.
Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi bo‘lajak tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga hamda malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi