O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar
Iyul 24, 2026. 14:10 • 2 daq
• 6
TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va qardosh O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik surʼati ortib borayotgani, jumladan, tovar ayirboshlash hajmi oshayotgani, ustuvor tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi