O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda “O‘zbekiston–Yaponiya” parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashdi
Sentabr 17, 2026. 13:45 • 2 daq
• 102
TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tokio shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti va “O‘zbekiston–Yaponiya” parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, O‘zbekistonning yaqin do‘sti janob Taro Aso bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uning Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti va “O‘zbekiston–Yaponiya” parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi sifatida o‘zaro munosabatlarimizni rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasini yuksak qadrlaymiz.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim o‘rni alohida taʼkidlandi”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi