Baxtiyor Saidov: Belgiya elchixonasining Toshkentda ish boshlashi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea bo‘ldi
Sentabr 10, 2026. 20:30 • 2 daq
• 147
TOSHKENT, 10-sentabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan elchisi Matias Kendeni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Belgiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Matias Kendedan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Toshkentda Belgiya elchixonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea ekani qayd etildi.
Davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasida O‘zbekiston–Belgiya aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligimizni maʼlum qildik.
Janob elchiga O‘zbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 16-martda o‘rnatilgan.
Matias Kende avvalroq Belgiyaning Toshkentdagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Erik de Mayer o‘rnini egalladi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi