O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi
Sentabr 17, 2026. 17:00 • 59 soniya
• 121
TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takaxara bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini taʼminlashga ixtisoslashgan Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori janob Ichiro Takaxara bilan ko‘rishdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga Yaponiyaning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlari sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi