O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiya TIV rahbari o‘rinbosarini qabul qildi
Sentabr 10, 2026. 17:00 • 56 soniya
• 186
TOSHKENT, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ayshe Berris Ekinjini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ayshe Berris Ekinjini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Bugun ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi natijalarini yuqori baholadik.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejalarini muhokama qildik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi