O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar
Fevral 21, 2026. 20:00 • 39 soniya
• 131
TOSHKENT, 21-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama kun tartibining rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdik, xususan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor sohalarda amaliy saʼy-harakatlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, barqarorlik, izchil taraqqiyot va o‘zaro farovonlik asosida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mintaqaviy aloqalarni rivojlantirishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
