Belgiyadan munosabat: O'zbekiston ekologiyani yaxshilashga bo'yicha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish qaratilgan aniq loyihalar ustida ish olib bormoqda
Noyabr 28, 2024. 15:00 • 3 daq
• 587
BRYUSSEL, 28-noyabr. /"Dunyo" AA/. "Diplomatik dunyo" institutining Markaziy Osiyo bo'yicha eksperti, atrof-muhit siyosati va xalqaro aloqalar bo'yicha mutaxassisi Derya Soysal "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 18-20-noyabr kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislaridagi ma'ruzasi haqida o'z fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalaridagi nutqida hozirgi davrda butun dunyo hamjamiyati uchun dolzarb ahamiyat kasb etayotgan atrof-muhitni himoya qilish va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi bo'yicha takliflari soha mutaxassisi sifatida e'tiborimni tortdi.
Jumladan, davlatingiz rahbari iqlim o'zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish va uning atrof-muhit va insonlar salomatligiga olib keladigan halokatli ta'sirlarini bartaraf etish zarurligini ta'kidladi. O'zbekiston uchun xos bo'lgan iqlim muammolari, jumladan, bir necha o'n yil oldin yuz bergan Orol dengizi fojiasi dunyo hamjamiyatiga yaxshi ma'lum. Shuning uchun ham mamlakat yetakchisi o'z hukumati oldiga "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor milliy vazifa sifatida belgilab, O'zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan dastur ishlab chiqishni topshirdi.
O'zbekiston 2030-yilga borib, "yashil" energiyaning ulushini 40 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bunga erishish uchun O'zbekiston hukumati binolarni loyihalash, qurish va qayta qurish jarayonlarida samarali va energiya tejamkor texnologiyalarni qo'llashga, energiya samaradorligini oshirishga va qayta tiklanuvchi energiya loyihalariga alohida e'tibor qaratyapti. Shuningdek, o'zining iqlim maqsadlariga erishish uchun barcha sohalarga investitsiya kiritmoqda.
Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Prezidentining 2025-yilni "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilinishi qo'llab-quvvatlayman.
Yevropa nuqtai nazaridan qarasak, bu nutq COR 29-sammiti yakunlaridan so'ng ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. E'tiborli jihati shundaki, mazkur global sammitda ham Prezident Shavkat Mirziyoyev iqlim o'zgarishiga qarshi global hamkorlikni yo'lga qo'yishga chaqirgan edi. O'z navbatida, O'zbekiston so'nggi yillarda ekologiyani yaxshilashga bo'yicha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq loyihalar ustida ish olib bormoqda. Xususan, O'zbekiston Prezidenti ta'kidlaganidek, ayni vaqtda mintaqaviy iqlim strategiyasi amalga oshirilyapti. Toshkentda Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim o'zgarishlari universitetining ochilishi ham ijobiy tajribadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

"Rossiyskaya gazeta": "Yashil" iqtisodiyotga o'tish O'zbekistonning strategik maqsadiga aylangan



