"Rossiyskaya gazeta": "Yashil" iqtisodiyotga o'tish O'zbekistonning strategik maqsadiga aylangan
Mart 27, 2025. 09:19 • 2 daq
• 342
MOSKVA, 27-mart. /"Dunyo" AA/. "Rossiyskaya gazeta"si "O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o'tish yo'lida faol sa'y-harakatlar olib borilmoqda" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola muqaddimasida O'zbekiston 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili", deb e'lon qilingani ma'lum qilingan.
"So'nggi yillarda O'zbekistonda "yashil" energiya ulushi 16 foizga oshdi va joriy yilda mazkur ko'rsatkichni 26 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun davlat idoralari va xonadonlarga quyosh panellarini o'rnatish ishlari davom ettiriladi", –deya O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakili Vyacheslav Shi-syanning so'zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Ta'kidlanganidek, O'zbekistonda energetika, qishloq xo'jaligi va tabiiy resurslarni boshqarish sohasida yirik loyihalar amalga oshirilyapti. Asosiy vazifalar – sarmoyalarni faol jalb qilish, texnologiyalarni yangilash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdir. Agar hammasi rejadagidek ketsa, 2030 yilga kelib sezilarli yutuqlarga erishish mumkin.
Maqola yakunida "O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyot faol tarzda rivojlanmoqda. Mamlakat rasmiylari qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekoloyihalar va barqaror ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratmoqda", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

"Vecherniy Bishkek": O'zbekistonning 2025-yilga mo'ljallangan Davlat dasturi aholi farovonligini oshirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan muhim hujjat



