Logo

Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi

Dekabr 25, 2025. 12:13 • 2 daq

369
Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi
Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi
Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi
Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi
Yaponiya yirik savdo tarmoqlarida ilk bor O‘zbekiston anori sotuvga chiqdi

TOKIO, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ilk marotaba O‘zbekistonda yetishtirilgan anor Yaponiya bozoriga kirib bordi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston anori dunyodagi eng yirik gipermarket savdo tarmoqlaridan biri hisoblangan “COSTCO” gipermarketlari orqali yapon isteʼmolchilariga taklif etilmoqda.

“COSTCO” kompaniyasi dunyo bo‘ylab 800 dan ortiq omborxona shaklidagi gipermarketlarga ega bo‘lib, 10 millionlab isteʼmolchiga xizmat ko‘rsatadi va 350 ming nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya jahonning eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri hisoblanadi. “COSTCO” mahsulotlarni tanlashda qatʼiy sifat, xavfsizlik va taʼminot zanjiri talablariga amal qilishi bilan mashhur bo‘lib, tarmoqqa kirish mahsulot yetkazib beruvchilar uchun yuqori ishonch va xalqaro nufuz belgisi hisoblanadi.

Eksport jarayonlari doirasida “Quva-Agro Star” MCHJ tomonidan 2025-yil yakuniga qadar 50 tonna anor yetkazish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Yaponiyaning eng yirik gipermarket savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan “AEON” kompaniyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu hamkorlik natijasida o‘zbek anorining sotuv geografiyasi yanada kengayib, 2026-yil fevral oyiga qadar eksport hajmini 100 tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

2026-yilning yakuniga qadar o‘zbek anorining Yaponiyaga eksport hajmini 700 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Mazkur eksport operatsiyalarida Yaponiya tomonidan import qiluvchi korxona sifatida “Washing Trading” kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Ushbu loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, milliy brendni targ‘ib qilish hamda mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, joriy yil noyabr oyidan boshlab Yaponiyaning “AEON” savdo tarmog‘i do‘konlarida ilk bor O‘zbekiston uzumi sotuvi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish