Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 300 nafarga yaqinlashdi, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda

Avgust 16, 2026. 14:30 • 2 daq

100
Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 300 nafarga yaqinlashdi, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda
“AFP” agentligi surati

BOGOTA, 16-avgust. /“Dunyo” AA/. Kolumbiyada 10-avgust kuni sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 294 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Reuters” agentligiga tayanib.

Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi (UNGRD) maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila 15 ta departamentdagi 448 ta aholi punktiga ziyon yetkazgan. 115 mingdan ortiq kishi, 54 mingga yaqin oila jabr ko‘rgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni qidirishda davom etmoqda. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik milliy motam eʼlon qilingan edi. Hukumat tiklash rejasini ishlab chiqmoqda, uy-joyidan ayrilgan oilalarga ijara haqini to‘lashda yordam ko‘rsatiladi.

7,4 magnitudali zilzila 10-avgust kuni sodir bo‘lgan. Uning epitsentri Bogotadan qariyb 400 kilometr g‘arbda joylashgan San-Xose-del-Palmar hududiga to‘g‘ri kelgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish