Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi va uning olti nafar farzandining vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi

Avgust 16, 2026. 11:16 • 55 soniya

12
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi va uning olti nafar farzandining vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatildi

SANKT-PETERBURG, 16-avgust. /“Dunyo” AA/. Bosh konsulxona diplomatlari O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz M.M. va uning farzandlariga ko‘maklashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ilgari M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda mamlakatdan chiqish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu bois, vatandoshimiz Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida, uning olti nafar farzandi esa “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasida saqlanayotgan edi.

Yurtdoshimizning farzandlaridan uzoq vaqt ajralib qolishining oldini olish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan qisqa fursatda zarur hujjatlar rasmiylashtirib berildi. M.M. va uning farzandlari “Sankt-Peterburg – Samarqand” aviareysi bilan vatanga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish