AQSH prezidenti: Isroil bosh vaziri Eron bilan har qanday tinchlik bitimini qabul qiladi, “chunki uning boshqa iloji yo‘q”

Iyun 08, 2026. 17:55 • 2 daq

111
AQSH prezidenti: Isroil bosh vaziri Eron bilan har qanday tinchlik bitimini qabul qiladi, “chunki uning boshqa iloji yo‘q”

VASHINGTON, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan ziddiyat fonida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Vashington Tehron bilan erishadigan har qanday kelishuvni qabul qilishdan boshqa iloji yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Financial Times” gazetasiga berilgan intervyuga tayanib.

“Barcha qarorlarni men qabul qilaman. U [Binyamin Netanyaxu] qaror qabul qilmaydi”, – deya ta’kidladi Oq uy rahbari Isroil Eron tomonidan raketa zarbasi berilgani haqida xabar qilganidan ko‘p o‘tmay chop etilgan intervyusida.

Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) Isroilning Livan poytaxtidagi “Hizbulloh” obyektiga bergan zarbasiga javoban uyushtirilgan hujumni “ogohlantirish” deb atadi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 20 kishi yaralangan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehronning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. “Men Eronga shunday maslahat bergan bo‘lardim: sizlar raketalaringizni uchirdingiz. Shuning o‘zi yetarli”, – dedi davlat rahbari “Fox News” telekanaliga.

“Biz Eron bilan yakuniy bitimga juda yaqinmiz. Hozir sodir bo‘layotgan voqealar tufayli uning barbod bo‘lishini istamayman”, – deya izoh berdi Donald Tramp.

“Axios” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy rahbari Isroil Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Eronga javob zarbasi bermaslikka chaqirgan. Biroq, bir necha soat o‘tgach, Isroil harbiy-havo kuchlari Islom Respublikasining zarbalariga javoban Eronning g‘arbiy va markaziy qismidagi nishonlarga hujum qildi. SAXAL xabarida aynan qaysi obyektlarga zarba berilganiga aniqlik kiritilmagan.

“Reuters” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish