O‘zbekistonning boy madaniy merosi Seulda keng targ‘ib etildi

Iyun 08, 2026. 18:25 • 2 daq

79

SЕUL, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi diplomatlari Seul xalqaro sayohat yarmarkasi (SITF)da ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu nufuzli yarmarka Osiyo mintaqasidagi yirik turistik tadbirlardan biri bo‘lib, har yili turizm industriyasining yetakchi vakillari, milliy turizm tashkilotlari, turoperatorlar va soha mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi.

Bu galgi ko‘rgazmada ham dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan turizm sohasi vakillari ishtirok etdi. Yurtimiz vakillari ham mazkur xalqaro tadbirda faol qatnashib, mamlakatimizning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati, milliy an’analari va zamonaviy turizm imkoniyatlarini namoyish qildi.

Tadbir davomida ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy merosi, gastronomik turizm imkoniyatlari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan turizm sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, o‘zbek milliy liboslari namoyishi o‘tkazilib, o‘zbek xalqining milliy an’analari va zamonaviy moda tendensiyalarining noyob uyg‘unligi taqdim etildi. Ushbu liboslarda aks ettirilgan O‘zbekistonning boy va xilma-xil madaniy merosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Koreyalik turizm sohasi vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston boy tarixiy-madaniy merosi, betakror me’moriy obidalari va mehmondo‘st xalqi bilan xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonlarida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatimizga koreyalik turistlar oqimini ko‘paytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish