“Orta Lectura”: Markaziy Osiyo tajribasi preventiv diplomatiyaning samarali modeli sifatida e’tirof etildi

Iyun 08, 2026. 18:55 • 2 daq

87
“Orta Lectura”: Markaziy Osiyo tajribasi preventiv diplomatiyaning samarali modeli sifatida e’tirof etildi

MADRID, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning “Orta Lectura” tahliliy-axborot portali Markaziy Osiyoning preventiv diplomatiya sohasidagi tajribasi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan konsensus asosida qabul qilingan “Chegara nizolarini tinch yo‘l bilan hal etish” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining ahamiyati ko‘rib chiqilgan.

Mazkur hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlarining murakkab chegara masalalarini muloqot, o‘zaro ishonch va murosaga kelish yo‘li bilan hal etish borasidagi muvaffaqiyatli tajribasining xalqaro e’tirofi bo‘lgani qayd etilgan.

Bugungi kunda potensial mojarolar hududi sifatida emas, balki samarali davlatlararo hamkorlik va mas’uliyatli mintaqaviy siyosat namunasi sifatida qaralayotgan mintaqaning transformatsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Ekspertlarning fikricha, Markaziy Osiyoda to‘plangan tajriba dunyoning boshqa mintaqalari uchun preventiv diplomatiyaning talabgir modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Shuningdek, maqolada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, qo‘shma iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hamda xalq diplomatiyasi mexanizmlarini rivojlantirish mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik uchun mustahkam zamin yaratishga hissa qo‘shayotgani alohida ta’kidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish