O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Sentabr 22, 2026. 09:30 • 55 soniya

225
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining boshlangan 81-sessiyasi doirasida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik, – deb yozdi kecha O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish