AQSHda Samarqand viloyati delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

May 18, 2026. 12:25 • 2 daq

94

NYU-YORK, 18-may. /“Dunyo” AA/. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Filadelfiya va Nyu-York shaharlariga Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida qator biznes-forumlar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda vatandoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida xorijiy investorlar va ishbilarmon doiralar vakillariga Samarqand viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, shuningdek, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, AKT va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi keng imkoniyatlari taqdim etildi. Ishtirokchilar uchun viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, milliy hunarmandchilik buyumlari va oziq-ovqat sanoati namunalari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Amerikalik tadbirkorlar va o‘zbek diasporasi vakillari bilan olib borilgan muzokaralar yakunida mehmonxona biznesi, taʼlim, IT, oziq-ovqat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, logistika, tibbiyot va rekreatsiya maskanlarini barpo etish yo‘nalishlarida bir qator kelishuv va shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ochiq muloqotlar ham o‘tkazildi. Uchrashuv davomida investitsiyaviy faoliyat, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va yer maydonlarini rasmiylashtirishga oid ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Murojaatlarning bir qismi bevosita uchrashuvning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha masʼul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi. Vatandoshlar bu kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar xorijdagi diaspora va vatan o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ko‘prik bo‘layotganini taʼkidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish