Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni qisqarmoqda

May 15, 2026. 14:25 • 54 soniya

89
Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni qisqarmoqda

TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar­­­–mart oylarida 5862 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra , bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming kishiga yoki 21,2 foizga kam. Mutaxassislar bu dinamikani mamlakatda yuqori sifatli taʼlim olish imkoniyatlarining kengayishi, mahalliy universitetlarda qo‘shma xalqaro dasturlar sonining ko‘payishi bilan izohlamoqda.

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar:

Rossiya – 1241 nafar,

Koreya Respublikasi – 1131,

Qirg‘iziston – 1059,

Xitoy – 424,

Turkiya – 423,

Tojikiston – 381,

Buyuk Britaniya – 292.

Boshqa davlatlar – 911 nafar.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish