Italiyada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli zilzilalardan biri qayd etildi

Avgust 01, 2026. 13:00 • 2 daq

131
Italiyada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli zilzilalardan biri qayd etildi
“Euro News” saytidan olingan surat

RIM, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. Italiyaning Neapol shahri yaqinida joylashgan Kampi-Flegrey vulqon hududida kecha 4,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rossiyaning “RBK” portali maʼlumotiga ko‘ra, yerosti silkinishlari mintaqada so‘nggi o‘n yilliklarda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan biri bo‘lgan. Zilzila markazi taxminan 3 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, asosiy silkinishdan so‘ng bir qator aftershoklar ham kuzatilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 21 nafar kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og‘ir tan jarohati olgan. Shuningdek, ayrim turar-joy binolari va infratuzilma obyektlariga zarar yetgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda transport harakati vaqtincha cheklanib, binolarning texnik holatini o‘rganish ishlari boshlangan.

Mutaxassislar qayd etishicha, Kampi-Flegrey Yevropadagi eng faol vulqon hududlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda seysmik vaziyat doimiy nazorat ostida bo‘lib, olimlar ehtimoliy geologik jarayonlarni baholashni davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish