Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilini o‘rgangan talabalarga diplom topshirildi

Iyul 13, 2026. 15:00 • 2 daq

171
Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilini o‘rgangan talabalarga diplom topshirildi
Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilini o‘rgangan talabalarga diplom topshirildi
Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilini o‘rgangan talabalarga diplom topshirildi

MOSKVA, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi diplomatlari Moskva davlat lingvistika universitetining Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu yil “Xorijiy mintaqashunoslik” yo‘nalishida tahsil olgan va o‘zbek tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rgangan bakalavrlar o‘qishni tamomladi.

Talabalar o‘zbek tilini o‘rganish jarayonida o‘zbek xalqi madaniyati va sanʼati bilan yaqindan tanishdi, elchixona tomonidan o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda, buyuk o‘zbek shoiri, yozuvchisi, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov singari atoqli adiblar xotirasiga bag‘ishlangan anjumanlarda faol qatnashdi.

O‘zbekiston elchixonasi vakili bitiruvchilar hamda MDH va yaqin xorij mamlakatlari tillari va madaniyatlari kafedrasi dotsenti, o‘zbek tili o‘qituvchisi Begam Karayevani o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi. Shuningdek, topshirilgan yettita diplomdan oltitasi imtiyozli diplom ekanini alohida taʼkidladi.

Diplomat barcha bitiruvchilarga kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi, olingan bilim va ko‘nikmalar, o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha orttirilgan tajriba – O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarini yana-da rivojlantirishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish