"PAP MediaRoom": O‘zbekiston sivilizatsion yuksalish sari intilmoqda
Oktabr 02, 2026. 16:00 • 2 daq
• 105
VARSHAVA, 2-oktabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning "PAP MediaRoom" axborot platformasida IREG Reytinglar observatoriyasi ijrochi direktori Kajimej Bilanovning "O‘zbekiston sivilizatsion yuksalish sari intilmoqda" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada Varshava universitetida "O‘zbekiston – 2030" strategiyasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyada Polsha sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy mamlakatimizdagi yangilanishlar va ochiqlik siyosatini yuqori baholagani qayd etilgan.
Materialda 2025-yilda O‘zbekistonning real YAIM hajmi 7,7 foizga, 2026-yilning birinchi choragida esa 8,7 foizga o‘sgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, mamlakatning boy resurs salohiyati, turizm sohasining rivojlanishi, xususan, "LOT" aviakompaniyasining Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygani, shuningdek, Samarqandda o‘tkazilgan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" sammitida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani e’tirof etilgan.
Muallif inson kapitaliga alohida e’tibor qaratgan. Aholi soni 37 milliondan oshgani, o‘rtacha yosh qariyb 29,5 yoshni tashkil etishi qayd etilgan.
Yakunda Polsha va O‘zbekiston rektorlarining III forumi, "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" rektorlar kongressi hamda "Perspektywy" fondi loyihalari doirasida mustahkamlanayotgan akademik hamkorlik ikki tomonlama uzoq muddatli sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratayotgani xulosa qilingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi