O‘zbekiston elchisi Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashdi
Aprel 30, 2026. 09:00 • 59 soniya
• 233
TOKIO, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi (quyi palata) spikeri Eisuke Mori bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani qayd etilib, Yaponiya tomoni siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tomonlar O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va uning doirasida erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining oliy darajadagi ilk sammiti natijalarini yuqori baholadilar.
Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishdagi muloqotlarni faol davom ettirish, jumladan, parlamentlararo forumlarni muntazam o‘tkazib borish muhimligi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi