Logo

O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda Afg‘oniston­­–Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyatni muhokama qildi

Fevral 28, 2026. 22:25 • 34 soniya

123
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda Afg‘oniston­­–Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyatni muhokama qildi

TOSHKENT, 28 fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri janob Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali konstruktiv suhbat bo‘lib o‘tdi, ­­– deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashdik, vazminlikni saqlash va vaziyatning yana-da keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi yuzasidan fikr almashildi.

Barqarorlikni taʼminlash va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etishda muloqot asosiy vosita bo‘lib qolishi zarurligi taʼkidlandi”.


Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish