Logo

Stokgolmda ham Navro‘z keng nishonlandi

Aprel 04, 2026. 12:00 • 50 soniya

9
Stokgolmda ham Navro‘z keng nishonlandi

STOKGOLM, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. Shvetsiya poytaxtida O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan katta madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Shvetsiya, Daniya hamda Norvegiyada istiqomat qilayotgan 200 dan ortiq vatandoshlarimiz ishtirok etgani bayramga alohida ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Bayram doirasida milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon yozilib, jonli milliy musiqa sadolari, qo‘shiq va raqslar hamda rang-barang madaniy chiqishlar namoyish etildi.

Ishtirokchilar tomonidan Navro‘z xalqimiz boy tarixining, qadimiy anʼanalari va betakror madaniy merosining yorqin namunasi ekanligi eʼtirof etildi.

Shvetsiya poytaxtidagi bayram dasturi barcha mehmonlar xotirasida Vatan atrofida birlashish, milliy qadriyatlari asrab-avaylash va o‘zaro jipslik ramzi sifatida chuqur taassurot qoldirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish