O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Qatar elchisi 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan vazifalarni muhokama qildilar
Dekabr 19, 2025. 18:57 • 38 soniya
• 76
TOSHKENT, 19-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Qatar elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, 2025-yil davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va taʼlim sohalarida erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilindi.
Shuningdek, 2026-yilda ikki tomonlama kun tartibida turgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini taʼminlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni yana-da mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
“Dunyo” AA olgan surat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi