Logo

O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda

Aprel 15, 2026. 19:34 • 1 daq

188
O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda

TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Latviya elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hukumatlararo bitimni imzolashni jadallashtirish va mehnat migratsiyasi sohasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek o'qing

Tomonlar muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini bildirib, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma qadamlarni kelishib oldi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish