O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Norvegiya elchisi afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini taʼkidladilar
Aprel 15, 2026. 19:20 • 2 daq
• 181
TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Norvegiya elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikning joriy holatini muhokama qilib, afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
Xelen Sand Andresen Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy darajada yagona yondashuvni shakllantirish borasida O‘zbekistonning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy bog‘liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi