Moskvadan munosabat: COP31 O‘zbekistonning ekologik va investitsiyaviy tashabbuslarini ilgari surish maydoniga aylandi

Noyabr 13, 2026. 20:30 • 2 daq

• 3
Moskvadan munosabat: COP31 O‘zbekistonning ekologik va investitsiyaviy tashabbuslarini ilgari surish maydoniga aylandi

MOSKVA, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Jamoatchilik diplomatiyasi va jahon siyosatini tahlil qilish markazi direktori Aleksandr Vorobyov “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining Antaliyada bo‘lib o‘tgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasidagi Butunjahon yetakchilar sammitidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Antaliyada bo‘lib o‘tgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlarini diqqat bilan kuzatib bordim.

Bu nufuzli tadbir O‘zbekiston uchun nafaqat iqlim o‘zgarishi, balki suvni tejash, yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanishiga qarshi kurashish hamda boshqa qator masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Prezidentining sammitdagi ma’ruzasi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston Prezidentining sessiya doirasidagi muzokaralaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqaro hamkorlar va taraqqiyot banklari ishtirokida suvni tejash, sanoatni dekarbonizatsiya qilish, o‘rmon va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan aniq investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga yangi sur’at bag‘ishlashdir.

Tashrif yakunlarini samarali deb baholash mumkin. Chunki Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning rasmiy pozitsiyasini bayon etish bilan birga, aniq investitsiyaviy tashabbuslarni ilgari surdi. Unga ko‘ra, taraqqiyot banklari, xalqaro ekologik tashkilotlar rahbariyati hamda mintaqadagi qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlar bilan birgalikdagi keyingi harakatlar muvofiqlashtiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish