Vashingtonda Oq uydan bir yarim kilometr narida otishma sodir bo‘ldi
Noyabr 13, 2026. 22:00 • 2 daq
•
VASHINGTON, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Oq uydan taxminan 1,5 km uzoqlikda joylashgan Logan-Serkl tumanidagi turar joy majmuasida otishma yuz berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri “CNN” telekanaliga tayanib.
AQSHda sodir bo‘lgan ushbu hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatlandi. Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochgan shaxs 55 yoshli shifokor bo‘lgan. Halok bo‘lgan fuqaro turar joy binosining 46 yoshli boshqaruvchisi ekani ma’lum bo‘ldi.
Hujumdan so‘ng gumonlanuvchi kvartiralardan biriga qamalib olgan va voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga qarata o‘t ochgan. Keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari uni o‘z joniga qasd qilgan holda topishgan.
Jarohatlangan to‘rt kishidan birining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Politsiya ro‘y bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.
Vashington meri Myuriel Bouzer mazkur hodisani qurolli zo‘ravonlik harakati deb atadi. Oq uyga ham yuz bergan hodisa haqida ma’lumot berilgan.
“Politico” surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi