Logo

Bugun Tinchlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi: yangi xalqaro tashabbus haqida nimalarni bilish zarur

Fevral 19, 2026. 19:23 • 2 daq

94
Bugun Tinchlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi: yangi xalqaro tashabbus haqida nimalarni bilish zarur

Tez orada mojarolarni hal etishga ko‘maklashish va global xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlar doirasida AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan tashkil etilgan "Tinchlik kengashi" xalqaro tashabbusining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Amerikalik hamkasbining taklifiga binoan, O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev Tinchlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Dastlab Tinchlik kengashi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim ijrosini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi sifatida ko‘rilgan edi. Biroq keyinchalik tashabbus konsepsiyasi kengaytirildi — mazkur platforma dunyoning turli mintaqalaridagi nizolarni hal etish masalalari bo‘yicha xalqaro maslahatlashuv va vositachilik mexanizmi sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilinadigan asosiy mavzular qatorida G‘azoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda xavfsizlik va xalqaro barqarorlashtirish mexanizmlarini yaratish ehtimoli kabi masalalar o‘rin olishi kutilmoqda.

Xalqaro ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan bir qatorda yana 20 dan ortiq davlat Tinchlik kengashida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan, ular:

Argentina, Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Bahrayn, Belarus, Bolgariya, Kambodja, Misr, Salvador, Vengriya, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Quvayt, Kosovo, Marokash, Mongoliya, Pokiston, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Vyetnam.

Shuningdek, bir qator davlatlar hozirgi bosqichda ushbu tashabbusda ishtirok etishdan bosh tortdi yoki unga qo‘shilishda betaraf qolishga qaror qildi. Ularning qatorida Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya bor.

Default Avatar

Material muallifi

Shahzoda Kuchkarova

shahzoda@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish