Madriddan munosabat: O‘zbekiston–Janubiy Koreya munosabatlarining rivojlanishi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otmoqda
Sentabr 17, 2026. 12:00 • 2 daq
• 87
MADRID, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ispaniyadagi Pan-Yevropa ittifoqi prezidenti, professor Karlos Uriarte Sanches “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 13–16-sentabr kunlari Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
– Seulda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar va erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreyani bog‘lab turgan yuksak siyosiy ishonch va o‘zaro hurmatni alohida taʼkidlashni istardim. Bugungi kunda aynan shu mustahkam poydevor asosida ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga javob beradigan strategik hamkorlikning yangi yo‘nalishlari shakllanmoqda.
Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va Yangi O‘zbekistonning sanoat salohiyatiga asoslangan innovatsion va texnologik alyansni shakllantirish tashabbusiga alohida ahamiyat qarataman.
O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlarining jadal rivojlanishi nafaqat ikki mamlakat xalqlari, balki xalqaro hamjamiyatda ham qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatli tajribasi eʼtirofga loyiq.
Tashrif davomida koreys diasporasining O‘zbekistondagi roliga qaratilgan eʼtiborni yuqori baholayman. Bundan buyon ham ikki mamlakat va xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari kengayishi, shubhasiz.
Erishilgan kelishuvlar izchil amaliyotga tatbiq etilib, O‘zbekiston – Janubiy Koreya strategik sherikligi yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi