O‘zbekiston va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda

Oktabr 23, 2026. 17:30 • 55 soniya

• 179
O‘zbekiston va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda

ASHXOBOD, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan “Turkmaniston nefti va gazi” XXXI xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan “O‘zbekneftgaz”, “O‘zGazTreyd” kompaniyalari va “O‘zenergosotish” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari o‘rin oldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston vakillari “Turkmennebit” va “Turkmengaz” davlat konsernlari, Turkmaniston Energetika vazirligi rahbariyati, shuningdek, qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tomonlar neft, gaz va elektr energetikasi tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, sheriklikning yangi yo‘nalishlariga e’tibor qaratdilar.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida energetika sohasidagi amaliy aloqalarni kengaytirish, ishbilarmonlik rishtalarini mustahkamlash va yangi qo‘shma imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish