Bugun Batumida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Oktabr 23, 2026. 13:00 • 55 soniya
• 238
TOSHKЕNT, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Batumi shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Gruziya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Gruziya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etadi.
Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda transport-logistika sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqalararo va xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Batumi shahrida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda Ajariya hukumati raisi Zurab Pataradze bilan uchrashgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi