Logo

O‘zbekiston Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazmada milliy ekspozitsiyasini namoyish etdi

Fevral 23, 2026. 12:33 • 37 soniya

158
O‘zbekiston Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazmada milliy ekspozitsiyasini namoyish etdi
O‘zbekiston Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazmada milliy ekspozitsiyasini namoyish etdi

ASHXOBOD, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. 20-fevral kuni Ashxobod shahrida Diplomatik xodimlar kuni munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Turkmanistondagi diplomatik idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada kasb bayramiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari mamlakatimiz boy tarixi va madaniyatini hamda ulkan turizm salohiyatini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarni namoyish qildi.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekiston stendni yuqori baholab, namoyish etilgan kitoblar va o‘zbek milliy sanʼati namunalari bilan tanishib chiqdi.

Tantanali tadbirlar Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar instituti talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yakunlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish