Belarusda “Dunyo o‘zbek tilida so‘zlaydi!” xalqaro fleshmobi o‘tkazildi

Noyabr 25, 2026. 12:00 • 2 daq

• 73
Belarusda “Dunyo o‘zbek tilida so‘zlaydi!” xalqaro fleshmobi o‘tkazildi

GRODNO, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbek tilini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, milliy madaniyatimiz va boy ma’naviy merosimizni xorijda ommalashtirish maqsadida Belarusning Grodno shahrida “Dunyo o‘zbek tilida so‘zlaydi!” xalqaro fleshmobi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Grodno davlat universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir belarus jamoatchiligi o‘rtasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish, xorijiy fuqarolarni xalqimizning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va an’analari bilan yaqindan tanishtirish, O‘zbekiston va Belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Qisqa videoroliklar shaklida o‘tkazilgan fleshmobda xorijlik ishtirokchilar o‘zbek tilida turli so‘z va iboralarni talaffuz qilib, tilga bo‘lgan qiziqish va hurmatlarini namoyish etdi. Ular o‘zbekcha so‘zlash orqali nafaqat til bo‘yicha bilimini sinab ko‘rdi, balki xalqimizning madaniyati va an’analariga bo‘lgan qiziqishlarini ham ifoda etdi.

Shu tariqa, ushbu fleshmob o‘zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, uni xorijiy auditoriyaga yanada yaqinlashtirish hamda turli millat vakillari o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish