Logo

Londonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi nishonlandi

Fevral 19, 2026. 14:25 • 36 soniya

147
Londonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi nishonlandi

LONDON, 19-fevral. /“Dunyo” AA/. Londonda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy kecha o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir mamlakatimiz elchixonasi, Buyuk Britaniya poytaxtida faoliyat yuritayotgan “To‘maris” xotin-qizlar jamiyati va faol vatandoshlar hamkorligida tashkil etildi.

Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan buyuk davlat arbobining ijodiy faoliyati nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgani eʼtirof etildi.

Anjuman doirasida Boburning siyosiy salohiyati, davlat boshqaruvidagi ilg‘or g‘oyalari hamda insoniy fazilatlari haqida ham so‘z yuritildi.

Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlar, ayniqsa yosh avlod vakillari uchun tashkil etilgan ushbu muloqot milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va vatan bilan maʼnaviy bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish