“Al Diplomacy”: Toshkent 8–10-sentyabr kunlari “CAITME 2026” to‘qimachilik uskunalari yirik ko‘rgazmasiga mezbonlik qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sentabr 02, 2026. 12:55 • 58 soniya
• 113
QOHIRA, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al Diplomacy” nashrida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 17-Markaziy Osiyo xalqaro “CAITME 2026” to‘qimachilik uskunalari ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Global to‘qimachilik kunlari” haftaligini ochib beradigan ushbu tadbir Markaziy Osiyo va MDHda eng yirik forum sifatida eʼtirof etilgan bo‘lib, sohani modernizatsiya qilish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda strategik maydon vazifasini o‘taydi.
Ko‘rgazma 17 ta mamlakatdan 250 ta kompaniyani, jumladan, Germaniya milliy pavilyoni va jahon to‘qimachilik mashinasozligi yetakchilari bo‘lmish “Toyota”, “Rieter”, “Saurer” hamda “Picanol” kabi gigantlarni bir maydonda jamlaydi.
Forumning muhim yangiliklaridan biri 9 sentyabr kuni “TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub” loyihasining ishga tushirilishi bo‘ladi. Ushbu loyiha ishtirokchilarga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamli formatda B2B muzokaralarini o‘tkazish imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi