Vengriya matbuoti: O‘zbekistondagi xalqaro mediaforum 46 mamlakat jurnalistlarini birlashtirdi

Sentabr 02, 2026. 14:25 • 2 daq

59
Vengriya matbuoti: O‘zbekistondagi xalqaro mediaforum 46 mamlakat jurnalistlarini birlashtirdi

BUDAPESHT, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning “Daily News Hungary” va “Hello Magyar” nashrlari bosh direktori Alpar Kato O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumidagi ishtiroki bo‘yicha maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallifning taʼkidlashicha, forumda 46 ga yaqin davlatdan 200 nafarga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston poytaxtidagi asosiy tadbirlar mamlakatning eng ulkan yangi madaniyat muassasalaridan biri bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mezbonlik qildi.

Forum davomida CNN, Euronews, BBC, TRT World, Oman TV, Oman Observer, Saba kabi nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zaro fikr-mulohaza almashish imkoniga ega bo‘ldi.

Alpar Katoning yozishicha, O‘zbekistonning tarixiy merosini keng targ‘ib etishda zamonaviy media, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektning roliga alohida eʼtibor qaratgan.

Shu bilan birga, Toshkent xalqaro mediaforumi Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi media va professional aloqalarni mustahkamlash imkonini bergan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish