Toshkent va Buxoro viloyatlari delegatsiyalari Chansha shahrida bo‘lib o‘tadigan birodarlashgan shaharlar forumida ishtirok etadi

Sentabr 07, 2026. 13:00 • 2 daq

134
Toshkent va Buxoro viloyatlari delegatsiyalari Chansha shahrida bo‘lib o‘tadigan birodarlashgan shaharlar forumida ishtirok etadi
Toshkent va Buxoro viloyatlari delegatsiyalari Chansha shahrida bo‘lib o‘tadigan birodarlashgan shaharlar forumida ishtirok etadi

GUANCHJOU, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xunan provinsiyasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Provinsiyaning mutasaddi idoralari rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda joriy yilning 18–20-sentyabr kunlari Chansha shahrida bo‘lib o‘tadigan birodarlashgan shaharlar forumida Toshkent va Buxoro viloyatlari vakillarining ishtirokini tashkil etish bo‘yicha rejalar kelishib olindi. Forum doirasida yurtimiz hududlarining investitsiyaviy salohiyati taqdimotlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

“Hunan enterprises: Investment in Central Asia” forumi doirasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyati namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Xitoyning yetakchi kompaniyalari, jumladan, “Yanjin Group”, “Hunan Construction Investment Group”, “SNTO” va “Bosen Group” rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda oziq-ovqat sanoati, logistika, qurilish va “yashil” energetika sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish