Toshkentda Jahon bojxona tashkilotining VII global kinologiya forumi boshlandi

Sentabr 07, 2026. 12:00 • 59 soniya

104
Toshkentda Jahon bojxona tashkilotining VII global kinologiya forumi boshlandi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda Jahon bojxona tashkilotining VII global kinologiya forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Jahon bojxona tashkiloti (JBT) Bosh kotibi Ian Saunders, O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, 50 nafardan ortiq davlat bojxona xizmatlari vakillari hamda 15 nafardan ziyod xalqaro tashkilot ekspertlari qatnashmoqda.

Ishtirokchilar uch kun davomida xizmat itlaridan foydalanishning zamonaviy usullari, kinologlarni tayyorlash, giyohvandlik vositalarini aniqlash, kinologiya infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro standartlarni joriy etish masalalarini muhokama qiladi.

O‘zbekiston JBTning global kinologiya forumiga ilk bor mezbonlik qilmoqda. Tadbir yakunlari bo‘yicha JBTning kinologiya bo‘yicha Kompendiumini qabul qilish, Armaniston, Rossiya va Vengriya bojxona xizmatlarining kinologiya bo‘linmalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish