O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Leningrad viloyatidagi korxonalar ish beruvchilari va hamyurtlar bilan uchrashdi

Sentabr 07, 2026. 11:30 • 2 daq

25

GATCHINA, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Leningrad viloyatidagi “Velesstroy” va “ERA Construction” kompaniyalari obyektlariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu xizmat safari vatandoshlarni konsullik-huquqiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar doirasida tashkil etildi.

Kompaniyalar rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularning mehnat va yashash sharoitlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan tezkor hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Vatandoshlar bilan uchrashuvlarda konsullik-huquqiy yordam olish mexanizmlari hamda Rossiyaning migratsiya va mehnat qonunchiligi qoidalari tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarga xorijdagi vakolatxonalar bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun konsullik ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etildi. Sayyor tadbirlarda jami 500 nafardan ortiq yurtdosh qamrab olindi.

Tashrif yakunida yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish va vatandoshlar huquqlarini himoya qilish maqsadida kompaniyalar bilan bevosita hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish