Yaponiyada O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari namoyish etildi
Sentabr 05, 2026. 11:30 • 2 daq
• 135TOKIO, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari “RENKETSU Conference 2026” xalqaro biznes-forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Osiyo, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yaponiyaning 200 ga yaqin biznes doiralari vakillari, investorlar hamda xalqaro savdo sohasi ekspertlari jamlandi.
Anjuman doirasida “Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalari, iqtisodiy salohiyat, investitsiyaviy va savdo imkoniyatlari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Yapon tadbirkorlariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy islohotlar, qulay tadbirkorlik muhiti va O‘zbekistonning mintaqaviy xab sifatidagi strategik joylashuvi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Diplomatlar Yaponiya texnologiyalari va investitsiyalarini jalb etish uchun ustuvor bo‘lgan sohalar — energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, IT sektoriga alohida to‘xtaldi. Bundan tashqari, agrosanoat va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarining o‘zaro eksportini kengaytirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tildi.
Biznes-forumda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va O‘zbekistondan eksport yetkazib berishni kengaytirish maqsadida Yaponiya biznes doiralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


